Бош саҳифа / Янгиликлар / Yagona portalda "Turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazishga ruxsatnoma olish" xizmati yangilandi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Yagona portalda "Turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazishga ruxsatnoma olish" xizmati yangilandi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazishga ruxsatnoma olish" xizmati yangilandi. Endilikda ushbu xizmat Toshkent shahri tuman hokimiyatlari tomonidan ham ko'rsatilmoqda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazishga ruxsatnoma olish" xizmati yangilandi. Endilikda ushbu xizmat Toshkent shahri tuman hokimiyatlari tomonidan ham ko'rsatilmoqda.

Ariza ko'rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tegishli miqdorlarda yig'im undiriladi.

Xususan, eng kam oylik ish haqining 10 foizi midorida - Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida, eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida - Toshkent shahrida, eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida - viloyat bo'ysunishidagi tumanlar va shaharlar hududlarida yig'im undiriladi.

Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar

•    Bino egalari va voyaga yetgan oila a’zolarining notarial tasdiqlangan rozilik xati.

•    Ko'p qavatli uylarning turar joy mulkdorlari shirkati roziligi.

•    Ariza ko'rib chiqilganligi uchun to'lov undirilganligini tasdiqlovchi hujjat.

 

Tuman hokimiyatlari 11 kundan ortiq bo'lmagan muddat ichida ruxsatnomani beradi yoki rad etadi.

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 01/12/2016 12:17 Кўрилганлиги: 221
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 9
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг