Бош саҳифа / Янгиликлар / Saylov jarayonida axborot va so'z erkinligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Saylov jarayonida axborot va so'z erkinligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi

Bugungi kunda mamlakatimizda OAVning soni bosma, tele-radio-studiyalar , axborot agentliklari bilan birgalikda 1463 taga yetdi. Internet nashrlar soni esa 380 tadan ortiqni tashkil etmoqda. Ushbu veb saytlar nafaqat o'zbek va rus tillarida balki dunyoning 7 tilidagi tahririga ham ega.  Shu o'rinda aytish joiz OAVning faaoliyati mamlakatimizda ayni qizg'in pallaga kirgan saylov kompaniyasida yanada jaddalashadi .Chunki aynan mazkur soha xodimlari  saylovga oid yangiliklardan saylovchilarni boxabar qilishadi.  Joriy yilning 8 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi tashabbusi tomonidan o'tgazilgan  “Saylov jarayonida axborot va so'z erkinligini ta'minlash : O'zbekiston tajribasi” mavzuidagi  seminarda ham ushmu masala alohida muhokamalar  markazida bo'ldi.

Seminar avvalida takidlandiki  jamiyatda ochiq, erkin fikr almashish yo'lga qo'yilgan bo'lib, bunda ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bu esa saylovlarni demokratik, shaffof va adolatli tashkil etishda muhim asos bo'lmoqda. Fuqarolarning saylovda  mustaqil tanlov huquqini amalga oshirishi bevosita axborot sohasidagi ma'lumotlarni  olish va tarqatish erkinligiga asoslanadi.

Shu bois, O'zbekistonda bo'lib o'tadigan  saylovlarda so'z va axborot erkinligini ta'minlash, mazkur  sohani demokratlashtirish va liberallashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilib, muhim natijalarga erishildi. Buni Mustaqillik yillarida sohaga oid  mustahkam qonunchilik bazasi yaratilganligidan ham ko'rishimiz mumkin.  Seminarda ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonida o'ziga xos muhim siyosiy roli haqida ham fikr yuritildi. Ular saylovchilarni xabardor qilish, saylovoldi tashviqoti vositasi va jamoatchilik nazoratining muhim shakli bo'lib xizmat qiladi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning muhim vositalaridan biri ekanligi ta'kidlab o'tildi. Bugungi kunda «.UZ» zonasi doirasidagi faol domen nomlari soni 29,7 ming donadan ortiqni tashkil etmoqda. Internet tarmog'idagi milliy veb-saytlardan har oylik foydalanuvchilar soni o'rtacha 27,7 mln. kishini tashkil etib, ularning 54% dan ortig'i mobil qurilmalar orqali foydalanuvchilar xisoblanadi. Tadbir davomida yetakchi milliy ommaviy axborot vositalarining siyosiy partiyalar va saylov komissiyalari bilan jurnalist faoliyatini tashkil etish borasida samarali va foydali tajribalari bilan tanishish imkoni yaratildi. Seminar davomida saylov jarayonini ishonchli va haqqoniy yoritishda jurnalistlarning kasb mahorati, elektron ommaviy axborot vositalari orqali saylov jarayonidan aholi xabardorligini ta'minlashning amaliy jixatlari, shuningdek saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish mavzulariga bag'ishlangan ma'ruzalar tinglandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oshirish, Uzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar faoliyati to'g'risida fuqarolarni xabardor qilishning eng so'nggi texnologiyalari bilan tanishdilar. Shuningdek, yetakchi milliy ommaviy axborot vositalarining siyosiy partiyalar va saylov komissiyalari bilan jurnalist faoliyatini tashkil etish borasida samarali va foydali tajribalari bilan tanishish imkoni yaratildi.

Seminar yakunida fuqarolarni ishonchli axborotlar bilan ta'minlash borasida jurnalistlar va saylov jarayoni subyektlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o'tkaziladigan saylovlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.

Manba: UzReport.uz

Киритилган вақти: 01/12/2016 12:17 Кўрилганлиги: 254
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 15
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг