Бош саҳифа / Янгиликлар / Navbatdagi ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi 2165 nafar o'quvchilarni yangi ish o'rinlari bilan tanishtirdi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Navbatdagi ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi 2165 nafar o'quvchilarni yangi ish o'rinlari bilan tanishtirdi


O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi o'tkazlidi. Respublika Bosh prokuraturasi xuzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarn legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Uchtepa tuman bo'limi, tuman prokuraturasi hamda bandlikka ko'maklashish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbir  kollej bitiruvchilari hamda axolini ish bilan ta'minlashga qaratildi. 

O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi o'tkazlidi. Respublika Bosh prokuraturasi xuzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarn legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Uchtepa tuman bo'limi, tuman prokuraturasi hamda bandlikka ko'maklashish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbir  kollej bitiruvchilari hamda axolini ish bilan ta'minlashga qaratildi. 

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o'z qiziqishi va iqtidori bo'yicha kasb-hunar egallashini ta'minlash, ayniqsa, kollej bitiruvchilarini ishga jalb etish kabi qator masalalarga bugungi kunda alohida e'tibor qaratilmoqda. Muayyan kasb egalarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o'rinlari tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar buning yaqqol tasdig'idir. Uchtepa tumani prokuraturasi va bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan yarmarkada ham tumanda faoliyat olib borayotgan o'ttizdan ziyod turli korxonalar, moliya muassasalari, idoralar, eng yirik aloqa operatorlari o'zlarining bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi.

Yarmarkaning o'ziga xos jihati shundan iboratki, o'quvchilar bo'sh ish o'rnini taqdim etayotgan korxona va tashkilotlarning soha mutaxassislari bilan erkin tarzda muloqot qilib, ishga joylashish va kasbga-yo'naltirish bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishlari mumkin. Ish beruvchi va yosh kadrlar o'rtasidagi bunday integratsion aloqa esa uch yillik nazariy ko'nikmaga ega bo'lgan ammo amaliyotda bilimlarini qo'llamagan yoshlar uchun qator imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ta'kidlash kerakki, yarmarka davomida Uchtepa tumanida faoliyat olib borayotgan 6 ta kasb-hunar kollejining 2165 nafar o'quvchilari bank, sog'liqni saqlash, AKT, ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda mutasaddi xodimlari bilan erkin suhbat olib borishdi va ma'qul nomzodlarga ishtirokchi tashkilotlar tomonidan ishga yo'llanmalar berildi.

Qayd etish joizki, mana shunday yarmarkalarning muntazam ravishda o'tkazilishida “Ta'lim to'g'risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi dasturiamal bo'lib xizmat qilmoqda. Zero yoshlarning puxta bilim olishi, iqtidorini to'la namoyon etishi va jamiyatda o'z o'rnini topishi mamlakat rivoji uchun muhimdir. 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 01/12/2016 12:17 Кўрилганлиги: 227
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 4
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг