Бош саҳифа / Янгиликлар / ish.mehnat.uz vakansiyalar bazasida 68 mingdan ziyod bo'sh ish o'rinlari mavjud
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

ish.mehnat.uz vakansiyalar bazasida 68 mingdan ziyod bo'sh ish o'rinlari mavjud


O'zbekiston Respublikasi Mehnat Vaziri raisligida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar xamda xo'jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so'zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to'g'risida”gi 2016 yil 27 oktyabrdagi qarorining mehnat organlari tizimidagi ijrosini so'zsiz ta'minlanishi yuzasidan mehnat organi va tasarrufiy tashkilotlarning rahbar va mas'ul xodimlari ishtirokida seleksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Mehnat Vaziri raisligida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar xamda xo'jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so'zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to'g'risida”gi 2016 yil 27 oktyabrdagi qarorining mehnat organlari tizimidagi ijrosini so'zsiz ta'minlanishi yuzasidan mehnat organi va tasarrufiy tashkilotlarning rahbar va mas'ul xodimlari ishtirokida seleksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Videokonferensiyaaloqa shaklida o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Aziz Abduxakimov tomonidan har bir mehnat organlari rahbarlari va mas'ul xodimlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini o'z vaqtida va to'laqonli ta'minlash orqali, har bir fuqaro murojaatida ko'tarilgan masalaning mohiyatini anglash va uning yechimini ta'minlash eng asosiy vazifa ekanligini ta'kidlab o'tildi. Qayd etish kerakki, xozirgi kundaish.mehnat.uzvakansiyalar bazasida 68 mingdan ziyod bo'sh ish o'rinlari mavjud bo'lib, ushbu baza orqali fuqarolar to'g'ridan-to'g'ri yashash manzili bo'yicha o'ziga maqbul ish qidirish imkoniyatiga ega. Ammo murojaatlarni ko'rib chiqish masalasida ayrim mehnat organlari rahbarlari tomonidan mas'uliyatsizlik holatlari xam kuzatilmoqda. Yig'ilish davomida bunday xatoliklarga yo'l qo'yayotgan raxbarlarga qatiy chora ko'rilgani xaqida xam aytib o'tildi va Mehnat vazirligining vakansiyalar bazasini to'ldirishda, mavjud bo'sh ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlarning sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Shu bilan birga tadbirda fuqarolarning mehnat munosabatlariga oid masalalri yuzasidan mahalla va qishloq fuqarolar yig'iniga chiqqan holda axolini har kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha idorada yoki sayyor qabul qilish jarayonida yo'l qo'yilayotgan tizimli xato va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.  

Yig'ilish davomida murojaatlarni ko'rib chiqishda va sayyor qabullarni tashkil etishda mas'uliyatsizlikka yo'l qo'yilgan tegishli xodimlarga intizomiy choralar ko'rildi va mehnat organlari oldida turgan aniq vazifalar belgilab olindi

 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 01/12/2016 12:17 Кўрилганлиги: 1182
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 13
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг