Бош саҳифа / Янгиликлар / 2018-yilda parlament saylovida onlayn ovoz berish rejalashtirilmoqda
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

2018-yilda parlament saylovida onlayn ovoz berish rejalashtirilmoqda

30-noyabr kuni O'zbekistonda birinchi Elections.uz-2016 press-klubi ochildi. Ushbu loyiha O'zbekiston prezidenti saylovi jarayonida aholini tezkor va xolis axborot bilan ta'minlash, qolaversa   mahalliy va xorijiy jurnalistlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratish  maqsadida  amalga oshirildi.

30-noyabr kuni O'zbekistonda birinchi Elections.uz-2016 press-klubi ochildi. Ushbu loyiha O'zbekiston prezidenti saylovi jarayonida aholini tezkor va xolis axborot bilan ta'minlash, qolaversa   mahalliy va xorijiy jurnalistlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratish  maqsadida  amalga oshirildi.

Mazkur press-klubda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyada “Demokratik va shaffof saylovlar: milliy qonunchilikka xalqaro huquq normalarini tadbiq etish va xorijiy tajriba” haqida so'z yuritildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o'rinbosari Svetlana Ortiqova, O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzrof Ikromov, Inson huquqlari va demokratiya instituti direktori Sayyora Xojayeva hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti eksperti Dilafruz So'fiyevalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.  Mazkur sessiya  ochiq muloqot tarzida o'tdi. Unda jurnalistlar  o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan spikerlarga murojaat qilib, batafsil javob olishdi.  Jumladan saylovda yoshlarning ishtiroki va munosib nomzodga ovoz berishda aynan nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylovdagi ishtiroki, shuningdek saylov jarayonida saylovchining huquqlari buzilsa kimga mrojaat qilishi kerak, bu jarayonda qanday choralar ko'riladi? kabi mazmundagi  savollarga aniqlik kiritildi.

Bundan tashqari 2-sessiya ishi davomida 2018-yilda o'tkaziladigan  parlamenti  saylovida internet orqali onlayn tarzda ovoz berishni yo'lga qo'yish rejalashtirilayotgani haqida ham ma'lumot berildi. Shuningdek, ushbu  press klubni tashkil etish orqali  xorijiy va milliy OAV vakillari uchun xalqaro standartlarga mos keladigan qulay infratuzilma va sharoitlar yaratilgani alohida e'tirof etildi.

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 01/12/2016 12:17 Кўрилганлиги: 212
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 15
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг