Бош саҳифа / Янгиликлар / 2015 -2016 yillar davomida is gazi ta'sirida 97 nafar inson jabrlanib, yana 92 nafari bevaqt vafot etdi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

2015 -2016 yillar davomida is gazi ta'sirida 97 nafar inson jabrlanib, yana 92 nafari bevaqt vafot etdi

Ma'lumki, qish faslida tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo'ladi. Shunday paytlarda avvalo tabiiy gazdan havfsiz va oqilona foydalanishga e'tiborni kuchaytirish talab etiladi. Ayni shu maqsadda aholi o'rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi baxtsiz xodisalarning oldini olish bo'yicha “O'ztransgaz” AK ning maxsus farmoyishi qabul qilinib, unga asosan kompaniya va uning tizimidagi korxonalari uchun joriy yilning 17 oktyabridan 17 noyabriga qadar Respublika xududida “Gaz uskunalari va isitish jixozlaridan xavfsiz foydalanish oyligi” e'lon qilindi. Poytaxtimizda bo'lib o'tgan “Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” mavzuidagi seminar ayni shu oylik doirasida o'tkazildi.

Respublika seminarida "O'ztransgaz"' AK ning rahbariyati, kompaniya mas'ul xodimlari, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Sog'liqni saqlash vazirliklari, bir qator manfaatdor idoralar vakillaridan iborat 500 ga yaqin mutaxassslar qatnashishdi. Ta'kidlanganidek, aholi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo'lbola, nostandart gaz jixozlaridan foydalanish, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, xonadon ichini ochiq olovda isitish kabi xolatlarning uchrab turishi fuqarolarning is gazi hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida jabrlanishi, xattoki xalok bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2015-2016 yillar davomida Respublikamiz xududida aniqlangan favqulodda vaziyatlarning tahminan 12 % is gazlaridan zaxarlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo'lgan. Qo'shimcha qilish kerakki, is gazi xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gaz, ko'mir va organik moddalarning to'liq yonmasligi oqibatida hosil bo'ladgan gazdir. U inson organizmining nafas yo'llari va a'zolariga kuchli ta'sir qiladi hamda markaziy asab sistemasini zaharlaydi. 2015 -2016 yillar davomida mana shunday zararli gazlardan kelib chiqqan noxush xolatlar oqibatida jabirlanganlar 97 nafarni tashkil etsa, yana 92 nafar inson bevaqt vafot etgan.  

Bunday xolatlarga inson omili sabab bo'layotganligini alohida e'tibor qaratish shart. Ayniqsa, yuzaga kelayotgan ayrim talofatlarda yosh bolalarni jabr ko'rayotgani va bolalar o'limining yuzaga kelayotganligi esa o'ta achinarli holdir. Seminr davomida ham mana shunday favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlar, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan talofatlarni oldini olishga qaratilgan amaliy xarakatlar va mavzularga doir boshqa yo'nalishlarda ma'ruzalar tinglandi.

Manba: UzReport.uz

Киритилган вақти: 01/12/2016 12:17 Кўрилганлиги: 258
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 12
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг