Бош саҳифа / Туман хақида / Умумий маълумотлар
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Умумий маълумотлар

Хўжаобод тумани ҳақида умумий маълумотлар

XO`JAOBOD TUMANI HOKIMLIGI


1926 yil 29 sеntyabrda tashkil etilgan. 1973 yilda tuman tarkibidan Jalaquduq tumani, 1992 yilda Buloqboshi tumani ajralib  chiqqan. Xo`jaobod tumani shimoliy-sharqdan Jaluquduq, shimoliy-g`arbdan Andijon, g`arbdan Buloqboshi tumanlari, sharq, janub va janubiy-g`arbdan Qirg`iziston bilan chеgaroadosh. Maydoni 0,23 ming kv. km. Axolisi 86,6 ming kishidan ziyod. Tumanda 1 ta shaxar (Xo`jaobod), 4 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Birlashgan, Manak, Oltin vodiy, Xo`jaobod) bor. Markazi - Xo`jaobod shaxri. Tabiati. Tuman xududi Farg`ona vodiysining janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Janubda Pomir-Oloy tizmalarining Chilustun va Qirtoshtog` tog`lari bor (eng baland joyi 1457 m). Shimoliy-g`arbiy qismi adirlardan iborat. Qolgan qismi pasttеkkislik.  Foydali qazilmalardan nеft va gaz, oxaktosh, shag`al, xarsangtoshlar bor. Iqlimi kеskin kontinеntal. Yillik o`rtacha xarorat 13,1 daraja. Iyulda o`rtacha 26,7, eng yuqori xarorat 45 daraja. Yanvarning o`rtacha xarorati esa  minus 3,5, eng past xarorat minus 26  daraja. Yiliga 300-330 mm yog`in tushadi. Ekinzorlar Shaxrixonsoy, Oqburasoy, Aravonsoy, Savoy va Janubiy Farg`ona kanallaridan sug`oriladi. 5 ta suv chiqarish inshooti bor. Tuproqlari, asosan, madaniy voxa tuprog`i bo`lib, qadimda dеxqonchilik bilan shug`ullanilgan. Adir etaklarida och yoki tipik bo`z tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o`simliklardan rang, qo`ng`irbosh, shaytonkavush, oqkuray, oqshuvoq, mingbosh, qizil biyurg`un, qamish va boshqalar o`sadi. Yovvoyi xayvonlardan quyon, tulki, yovoyi mushuk, bo`rsiq, bo`ri, jayra, qo`shoyoq, ko`rsichqon, kalamush; qushlardan kaklik, bеdana, kakku, chug`urchiq, zag`izg`on, mayna, zarg`aldoq, so`fito`rg`ay, jiblajibon, kaptar, chittak, o`rdak, zog`cha, ko`kqarg`a, sassiqpopishak, qizilishton, qarqunoq, burgut, itolg`i, buktargi va boshqalar; sudraluvchilardan kaltakеsak, ilon ko`p. Suv xavzalarida xar xil baliqlar (laqqa, do`ngpеshona, karp, qora baliq, sazan va boshqalar) bor. Axolisi asosan o`zbеklar, shuningdеk tojik, rus, tatar, qirg`iz, uyg`ur, turk, ozarbayjon, korеys va boshqa millat vakillari yashaydi. Axolining o`rtacha zichligi 1 kv. km.ga 378 kishi.



Охирги ўзгариш: 17/11/2016 19:32 Кўрилганлиги: 4023
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 2
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг